OIIB O‘zbekistonga 200 mln dollar qarz beradi

Jamiyat

image

Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus pandemiyasi davrida tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki kredit liniyasini jalb qilish va undan foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qayd etilishicha, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va TIF milliy banki tomonidan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining umumiy qiymati 200 mln dollarga teng kredit liniyasini jalb qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishilgan.

OIIBning kredit liniyasi davlat kafolati ostida bir nechta transhlar asosida, jumladan, har bitta transh 5 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan, foiz stavkasi 6 oylik Libor plyus yillik 0,65 foiz, OIIBning 0,25 foiz boshlang‘ich bir martalik tashkiliy komissiyasi va yillik 0,25 foiz kredit liniyasining foydalanilmagan qismi uchun hisoblaniladigan majburiyat komissiyasi bilan jalb qilinadi.

Mablag‘lar koronavirus pandemiyasi oqibatlaridan jabrlangan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va o‘z faoliyatini tiklashga, ularni aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash va ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga, shu jumladan ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, ulgurji va chakana savdo, umumiy ovqatlanish va transport sohalaridagi loyihalarni moliyalashtirish uchun foydalaniladi.

TIF milliy banki OIIB tomonidan ajratiladigan kredit liniyasi bo‘yicha qarz oluvchi va  kredit mablag‘larining maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan mas’ul ijro organi hisoblanadi.

TIF milliy bankiga OIIBning jalb qilingan mablag‘larini qaytarish bilan bog‘liq xarajatlar, shu jumladan, foizlar, boshlang‘ich bir martalik tashkiliy komissiya va majburiyat komissiyasi haqlarini to‘lash va boshqa xarajatlar bo‘yicha to‘lovlar o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi tavsiya etildi.


Maqola muallifi

Teglar

qarz

Baholaganlar

132

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing