Og‘ir jinoyat qilgan o‘zbekistonlik Polshada ushlandi

3-sahifa

image

Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi hamda O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi o‘zaro hamkorligidagi sa’y-harakatlari natijasida og‘ir turdagi jinoyatni sodir etgan shaxs Polshada qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi mas’ul xodimlari tomonidan olib borilgan bir qator tegishli tezkor ishlar hamda O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi vakillarning hamkorligida og‘ir turdagi jinoyatni sodir etib Polsha davlatida yashirinib yurgan shaxs aniqlangan. 

U xalqaro shartnomalarda belgilangan tartibda O‘zbekistonga deportatsiya qilingan. 

“Mamlakatga olib kelingan shaxs sodir etgan jinoyati uchun qonun oldida javob beradi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi bosh konsulxonasi tomonidan Rossiyadagi huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda Yoqutiston – Saxa Respublika oilaviy tarbiyaga ko‘maklashish markazida yashayotgan 1 yoshli S.M. mamlaktga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Pol'sha Interpol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing