Og‘ir va o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlar 800 nafarga yaqinlashdi

Jamiyat

image

Bugun, 2 avgust kuni mamlakatda 770 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, shundan 99 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 671 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga,  Toshkent shahrida 5 nafar, Andijon viloyatida 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro, Andijon, Toshkent, Surxondaryo, Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona hamda Xorazm viloyatlarida jami 1 208 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 25 553 nafar bemordan 16 507 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 64 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 8 893 nafar bemordan 564 nafari og‘ir, 215 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatda uy karantinida 72 700 nafar, statsionar karantinda esa 20 536 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

368

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing