Og‘ir va o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlar 747 nafarga yetdi

Jamiyat

image

Bugun, 17 sentyabr kuni O‘zbekistonda 599 holatda kasallik qayd etildi. 

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 3 nafar, Toshkent viloyatida ham 3 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Ular orasida 11 yashar bolakay ham bor. Bu bolalar orasida rasman qayd etilayotgan birinchi o‘lim holati.

Bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Andijon, Sirdaryo, Farg‘ona, Qashqadaryo, Xorazm hamda Surxondaryo viloyatlarida 618 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 49 761 nafar bemordan 46 092 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 254 nafar bemordan 478 nafari og‘ir, 269 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

194

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing