Og‘ir atletika bo‘yicha 2021 yilgi Jahon chempionatiga O‘zbekiston mezbonlik qiladi

Sport

image
0:00
0:00
download

Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) 2021 yilgi jahon chempionati mezboni nomini e’lon qildi.

Federatsiya ijroqo‘mitasi qaroriga ko‘ra, joriy yilgi jahon chempionati va IWF saylov kongressi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi belgilandi. Jahon chempionati bahslari 7-17 dekabr, saylov jarayonlari esa 20-21 dekabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati, Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi Kongressi va og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati ham O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, 2013 yilgi Jahon chempionati va 2016 yilgi Rio Olimpiadasida Ruslan Nuruddinov, 2019 yilgi Jahon chempionatining dast ko‘tarish mashqlari va Tokio-2020 Olimpiadasida esa Akbar Jo‘rayev oltin medalni qo‘lga kiritgan


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati IWF Akbar Jo'raev Ruslan Nuruddinov

Baholaganlar

131

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing