Og‘ir ahvoldagi koronavirus bemorlarni soni ortdi
Jamiyat
−
18 iyul 2020
17409Bugun, 17 iyul kuni mamlakatimizda 541 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 170 nafari Karantin muassasalarida, 371 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 3 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafardan, jami 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Andijon, Namangan hamda Jizzax viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 220 nafar bemor sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 15607 nafar bemordan 9003 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 57 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 6525 nafar bemordan 70 nafari og‘ir, 11 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 60 211 nafar, statsionar karantinda esa 22 061 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.
LiveBarchasi