Ofshor obligatsiyalar chiqarishda O‘zbekistonga yordam taklif qilindi

Jamiyat

image

Kecha, 12 sentyabr kuni  O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Osiyo Taraqqiyot banki g‘aznachisi Per Van Petegxem boshchiligidagi OTB delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Unda O‘zbekistonning xalqaro kapital bozoriga milliy valyutadagi obligatsiyalarini chiqarish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga oid masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida tomonlar Osiyo taraqqiyot bankining milliy valyutaga oid ofshor obligatsiyalarini chiqarish orqali loyihalarni moliyalashtirishda hamkorligiga doir bir qator masalalarni ko‘rib chiqdi. 

OTB kelgusida pul (valyuta) bozoriga instrumentlarni joriy qilish orqali ichki bozordagi operatsiyalarini sezilarli kengaytirishi mumkinligini belgilab oldi.

Shuningdek, tomonlar OTB va Markaziy bank o‘rtasidagi hamkorlik, xususan, texnik ko‘mak va salohiyatni rivojlantirish masalalarini ham muhokama qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

obligatsiya kelgusida

Baholaganlar

23

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing