2 trln so‘m hajmida suveren obligatsiyalar London fond birjasida joylashtirildi – Ishmetov
Jamiyat
−
20 noyabr 2020
4276O‘zbekiston London fond birjasida milliy valyuta – so‘mdagi obligatsiyalarni joylashtirdi. Bu haqda Moliya vaziri Timur Ishmetov Twitter`dagi sahifasida ma’lum qildi.
“O‘zbekiston tarixida ilk bor xalqaro moliya bozorlarida milliy valyutamiz – so‘mda 2 trillion so‘m hajmida suveren obligatsiyalar London fond birjasida joylashtirildi. Ushbu yutuq o‘zbek so‘mini moliya bozorlarida o‘z o‘rnini topishiga dadil qadam bo‘lsin”, degan Ishmetov postida.
Avvalroq, O‘zbekiston hukumati London fond birjasida navbatdagi yevrobondlarni joylashtirishi haqida xabar berilgandi. Bu gal AQSH dollari bilan birga, o‘zbek so‘mida ham denominatsiya qilingan xalqaro suveren obligatsiyalar chiqarilib, 750 mln dollar qarz jalb etilishi nazarda tutilgan.
Investorlar takliflariga binoan, 750 mln AQSH dollari miqdoridagi suveren xalqaro obligatsiyalar 2 transhda – 10 yillik muddat bilan AQSH dollarida va 3 yillik muddat bilan o‘zbek so‘mida chiqarildi.
LiveBarchasi