Ofatlar oqibatida yo‘qolgan 19 ta hujjatni tiklashda to‘lov undirilmaydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlardan jabr ko‘rgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishning qo‘shimcha choralari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 yanvardan O‘zbekiston va xorijiy davlatda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (ofatlar) yuz berganligi oqibatida jismoniy shaxslarning aybisiz yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan hujjatlarni tiklashda ular davlat boji va yig‘imlardan ozod qilinadi.

Ofatlar yuz berganligini tasdiqlash, zarurat bo‘lganda, hujjatni tiklash vakolati bo‘lgan davlat organining so‘roviga asosan:

•    O‘zbekiston hududida – Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan beriladigan ma’lumotnoma asosida;

•    Xorijiy davlatlar hududida – xorijiy davlat vakolatli idoralari tomonidan berilgan va legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan yoxud xalqaro shartnomalarga muvofiq rasmiylashtirilgan ma’lumotnoma asosida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston hududida ofatlar yuz berganligi oqibatida hujjatlarni tiklaganlik uchun undirilmagan to‘lovlar, mazkur holatlar yuzasidan aybdor shaxslar (tashkilotlar) mavjud bo‘lsa, keyinchalik ulardan regress tartibida undiriladi.

Ofatlar yuz berganligi oqibatida jismoniy shaxslarning aybisiz hujjatlar yo‘qotilsa yoki yaroqsiz holga kelsa, ularga nisbatan jazo choralari qo‘llanilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

tabiiy ofat hujjat

Baholaganlar

30

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing