So‘nggi soatlarda 50 ga yaqin odamda koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 17 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 44 nafarga oshib, 5682 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 18 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 10 nafari Toshkent viloyatida (shundan 7 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 3 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent shahrida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan, 5 nafari aholi orasida), 5 nafari Samarqand viloyatida hamda 4 nafari Buxoro viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda mamlakatda 4131 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (72 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 1532 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

233

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing