Odil Abdurahmonov Prezidentning sport bo‘yicha vakili bo‘ldi

Jamiyat

image

Odil Qalandarovich Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Abdurahmonov yangi lavozimga tayinlanishi munosabati bilan Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari lavozimidan ozod etilgan.

Ma’lumot uchun, Odil Abdurahmonov 1978 yilda tug‘ilgan, iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga ega. U muqaddam Prezident devonida bosh konsultant lavozimida, keyinroq devonning ijro apparati rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovning o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Keyinroq u Respublika bandlik, mehnat muhofazasi va aholini ijtimoiy himoya qilish ilmiy markazi rahbari bo‘lgan. 2018 yil 31 iyulda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.

2019 yil aprel oyida Prezident Administratsiyasiga qaytib, Prezidentning fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi (Abdujabbor Abduvohidov)ga o‘rinbosar bo‘lgan, 2020 yil iyulida Transport universiteti rektori lavozimiga o‘tkazilgandi.

2022 yil avgustida O‘zbekiston Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangan, 2023 yil avgustida Prezident administratsiyasidagi islohotlar doirasida tuzilgan Ijtimoiy rivojlanish departamenti direktori sifatida ish boshlagandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gayane Olegovna Umerova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamentining rahbari lavozimiga tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Odil Abdurahmonov Prezidentining sport bo'yicha vakili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing