Gayane Umerova yangi lavozimga tayinlandi

Jamiyat

image

Gayane Olegovna Umerova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Bildirilishicha, yangi tayinlov munosabati bilan Gayane Umerova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan. 

Ma’lumot uchun, Gayane Olegovna Umerova 1985 yil 22 aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Mutaxassisligi bo‘yicha san’atshunos. U 2020 yildan 2023 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi UNESCO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi Bosh kotibi lavozimida ishlagan. 2023 yil iyulda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi lavozimiga tayinlangan. 2023 yil oktyabr oyida esa O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Administratsiyasi Gayane Umerova Kreativ iqtisodiyot va turizm bo'yicha departament

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing