Prezident maslahatchisining o‘rinbosari universitet rektori bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar  Mahkakmasining kecha, 16 iyundagi 385-son qarori bilan Odil Qalandarovich Abdurahmonov Toshkent davlat  transport universitetining rektori etib tayinlandi.

Odil Abdurahmonov (1978 yilda tug‘ilgan) iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga ega. U avval Prezident Administratsiyasida bosh maslahatchi (konsultant), Respublika bandlik, mehnat muhofazasi va aholini ijtimoiy himoya qilish ilmiy markazi rahbari bo‘lib ishlagan.

2018 yil 31 iyulidan buyon Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

2019 yil aprel oyidan Odil Abdurahmonov Prezidentning fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari vazifasini bajaryotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Odil Abdurahmonov

Baholaganlar

207

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar