Odessada Rossiya raketasi fuqarolik kemasiga borib urildi
Olam
−
08 Oktabr
4398Kecha, 7 oktyabr kuni Rossiya qo‘shinlari Odessa portidagi infratuzilmaga ballistik raketalar bilan hujum qildi. Raketalardan biri Palau bayrog‘i ostidagi OPTIMA fuqarolik kemasiga borib urildi. Bu haqda mahalliy hokimiyat vakillari xabar berdi.
“Hujum oqibatida 60 yoshli ukrainalik halok bo‘ldi, yana besh nafar chet el fuqarosi yaralandi. Rossiya terrorchilari yana Ukraina don yo‘lagi ishiga xalaqit berishga urinmoqda”, dedi Odessa viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Kiper.
Ukrainani qayta tiklash bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosari Aleksey Kuleba bu oxirgi bir necha kun ichida Odessa viloyati portlarida hujumga uchragan ikkinchi fuqarolik kemasi ekanligini ta’kidladi.
“Shunday qilib, tajovuzkor yana Qora dengizdagi yuk tashishni yo‘q qilishga va Ukrainaning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlariga putur yetkazishga urinmoqda", dedi Kuleba.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining bunday hujumlari oqibati oziq-ovqat importiga qaram bo‘lgan mintaqalarda beqarorlikning kuchayishi bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 7 oktyabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Xarkov shahri va viloyatiga boshqariladigan bombali hujum qilgandi.
Jasmina Rasulova
LiveBarchasi