Shavkat Mirziyoyev Sooronbay Jeenbekovni tabrikladi
Jamiyat
−
16 noyabr 2019
5233Bugun, 16 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekovni tavallud kuni bilan tabrikladi.
"Sizning rahbarligingizda olib borilayotgan oqilona va uzoqni ko‘zlagan siyosat tufayli bugungi kunda qardosh Qirg‘izistonda tinchlik va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ta’minlanmoqda, aholining farovonligi oshmoqda, mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘si tobora oshmoqda.
Xalqlarimiz mushtarak tarixi, dini, madaniyati va an’analariga asoslanib, o‘zbek-qirg‘iz do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini izchil mustahkamlanishiga e’tibor qaratayotganingizni qadrlayman”, deyiladi O‘zbekiston Prezidentining tabrigida.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish tarafdori ekanligini yana bir bor tasdiqlab, Sooronbay Jeenbekovga sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik va davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston Prezdenti Sooronbay Jeenbekov bugun, 16 noyabr kuni 61 yoshni qarshiladi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr