Odamlar meni Messiga o‘xshatib, dastxat so‘rashardi – mashhur xonanda

Sport

image

Rossiyalik xonanda Sergey Lazarev o‘zining tashqi ko‘rinishi Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messiga o‘xshatilishi haqida so‘zlab berdi. Bu haqda xonanda “Sport-Express” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Uning aytishicha, bu kabi taqqoslashlar ancha yillardan buyon davom etib kelmoqda.

“Meni Messi bilan ko‘p marta taqqoslashgan. Bizning o‘xshashligimizni ko‘rsatadigan suratlar ham anchadan beri internetda tarqaladi. Hatto chet elga borganimda, odamlar meni Messi deb o‘ylab, suratga tushish va dastxat so‘rashgan”, deydi Lazarev.

Xonandaning aytishicha, u 2026 yilgi Jahon chempionati finalini ham tomosha qiladi. Buning asosiy sababi o‘g‘lining futbolga bo‘lgan qiziqishi ekan.

“O‘g‘lim futbolning haqiqiy muxlisi. U butun oilamizga futbolni sevdirdi. Hozir hatto buvisi ham o‘yinlarni kuzatadi. Uning eng sevimli futbolchisi Kilian Mbappe. O‘g‘lim “Real Madrid” muxlisi, Jahon chempionatida esa Fransiya terma jamoasini qo‘llab-quvvatladi. Jamoa musobaqani tark etganida esa juda xafa bo‘ldi. Biz ham uning sababidan Mbappeni qo‘llab-quvvatladik”, deydi u.

Lazarevning so‘zlariga ko‘ra, finalda oila a’zolari Argentina terma jamoasiga muxlislik qiladi.

“Endi hamma Argentina yoki Ispaniyani qo‘llab-quvvatlayapti. Men esa Argentina uchun muxlislik qilaman. Axir, menga o‘xshash inson — Messi o‘sha jamoada o‘ynayapti. Shuning uchun ham, hazil tariqasida aytganda, “egizak akam”ni qo‘llab-quvvatlayman”, deydi Sergey Lazarev.

Ma’lumot uchun, Messi va uning jamoasi ertaga, 19 iyul kuni Jahon chempionati finalida Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing