Odamga ko‘chirib o‘tkazilgan cho‘chqa buyragi normal ishlay boshladi
Salomatlik
−
19 avgust 2023
22337Amerikaning Alabama universiteti olimlari insonning ikkita buyragini cho‘chqaning genetik jihatdan o‘zgartirilgan buyragiga almashtirish bo‘yicha operatsiya o‘tkazdi. Bu haqda BBC News xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi bir necha yil ichida shu kabi tajriba ikki marta amalga oshirilgan, biroq ular muvaffaqiyatli yakunlanmagan. Alabama universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan operatsiya esa o‘zining samarali yakuni bilan tibbiyot tarixiga kirishi mumkin.
“Tibbiyot tarixida birinchi marta donor organ yaxshi ishlamoqda, yangi buyrak egasining tanasini toksinlardan tozalaydi va siydik ishlab chiqaradi”, deyiladi xabarda.
Aniqlik kiritilishicha, operatsiyadan so‘ng bemorning tanasi donor organni begonalashtirmasligi uchun transplantatsiya uchun cho‘chqa buyraklari genetik moslashuv usuli bilan maxsus o‘stiriladi va “insoniylashtirilgan”. DNK ketma-ketligida olimlar faqat to‘rtta cho‘chqa genini (GTKO, CMAH, B4GALNT2, GHR) topib, “o‘chirib” tashlagan va keyin ularning o‘rnini oltita inson genlari (CD46, CD55, CD47, THBD, PROCR, HMOX1) bilan to‘ldirgan.
Bu orqali olimlar donor organning barcha funksiyalarini bajarishiga muvaffaq bo‘lgan, vazifalarning asosiysi qonni filtrlash va tanani zararli chiqindilardan (asosan kreatinin) tozalash hisoblanadi.
“Hozircha bu surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan, transplantatsiyaga muhtoj bo‘lgan o‘n minglab bemorlarga umid baxsh etgan bir holat”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi