YeI urush holatida ham, tinchlik holatida ham emas – Kaya Kallas
Olam
−
13 mart
2269Yevropa Ittifoqi hozir urush holatida ham, tinchlik holatida ham emas. Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas RTVE'ga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Biz hammamiz [Yevropada] xavotirdamiz, chunki biz urush holatida emasmiz, lekin biz tinchlik holatida ham emasmiz”, degan Kallas.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqi vakili yangi Amerika ma’muriyati hokimiyatga kelganiga ko‘p bo‘lmaganini eslatgan.
“Biz hali ham ularning yondashuviga moslashmoqdamiz, ammo hali ko‘p ish qilishimiz kerak”, degan Yevropaning bosh diplomati.
Qolaversa, Kallas yana bir bor Yevropa davlatlarini mudofaa uchun xarajatlarni oshirishga chaqirgan.
“Hukumatlar mudofaa xarajatlarini oshirish uchun murakkab qarorlar qabul qilishlari kerak, chunki ular bizga kerak bo‘lganda, bu investitsiyalarni amalga oshirish juda kech bo‘ladi”, degan YeI vakili.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Yevropa bir qancha mamlakatlar bilan hamkorlikni yaxshilash ustida ish olib borishi kerak.
“Rossiya, Eron, KXDR va Xitoy birgalikda ishlaydi, shuning uchun biz demokratik hamkorlarimiz, jumladan, AQSH, Kanada, Yaponiya, Janubiy Koreya va Avstraliya bilan aloqalarni mustahkamlashimiz kerak, biz yaxshilar bilan birlashishimiz kerak”, deya qo‘shimcha qilgan Kaya Kallas
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevrokomissiya AQSH tomonidan e’lon qilingan va joriy yil aprel oyi o‘rtalarida kuchga kiradigan bojxona tariflariga javoban chora ko‘rishini e’lon qilgandi.
LiveBarchasi