Odamda sinalgan birinchi koronavirus vaksinasining natijalari e’lon qilindi

Salomatlik

image

Koronavirusga qarshi birinchi bo‘lib klinik tadqiqotlar o‘tkazilgan “mRNA1273“ vaksinasi bo‘yicha birinchi natijalar e’lon qilindi. AQSHning Moderna farmatsevtik kompaniyasining bayonotida COVID-19 vaksinasi sinovi birinchi bosqichda ijobiy natijalar bergani ma’lum qilindi.

AQSH oziq-ovqat va farmatsevtika qo‘mitasi (FDA) ushbu natijadan so‘ng vaksina sinovini ikkinchi va uchinchi bosqichiga ruxsat berdi. Uchinchi bosqich iyun oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kompaniya vakillari, shuningdek, vaksina xavfsiz deb tasdiqlanganligini va eksperimentda ishtirok etgan 8 kishining sog‘lig‘i yaxshi ekanini ma’lum qildi. Shifokorning ta’kidlashicha, birinchi ma’lumotlarga ko‘ra, vaksina ilk bosqichda immunitet tizimining virusga qarshi kurashini qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, olimlar sinovdan so‘ng koronavirusga chalingan bemor bilan vaksina qabul qilgan bemorning antitanachalari bir xil ekanligini ma’lum qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, klinik sinovdan o‘tgan birinchi vaksinaning ilk dozasi joriy yilning 16 mart kuni Sietlda yashovchi ko‘ngilli Jenifer Xoller organizmiga yuborilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Vaktsina

Baholaganlar

2192

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing