Odam savdosi bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik Ostonada qo‘lga olindi (video)
3-sahifa
−
18 aprel
4799Qozog‘istonning poytaxti Ostonada politsiya 10 yildan beri xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda Ostona shahar politsiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, politsiya xodimlari xalqaro qidiruvda bo‘lgan jinoyatchini qo‘lga olgan.
“O‘zbekiston Respublikasining 42 yoshli fuqarosi 10 yildan buyon odam savdosi bilan shug‘ullanib, qidiruvda bo‘lgan”, deyiladi xabarda.
Hozirda erkak vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirilgan. Ekstraditsiya masalasi hal qilinmoqda.
LiveBarchasi