Odam savdosi bilan shug‘ullangan ayol Turkiyada ushlandi

3-sahifa

−

image

Turkiyada xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi M.X. ushlanib, belgilangan tartibda O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, M.X. Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) hamda 223-moddasi (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan.

Tergov materiallariga ko‘ra, u boshqa shaxslar bilan oldindan til biriktirib, fuqarolarni aldash yo‘li bilan Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqib, u yerda fohishalik bilan shug‘ullanishga jalb qilganlikda ayblanmoqda.

O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlarining hamkorlikdagi tezkor tadbirlari natijasida M.X. ning turgan joyi aniqlangan. Shundan so‘ng, u qo‘lga olinib, O‘zbekistonga qaytarilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq uzoq yillardan buyon xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi Turkiyada aniqlandi va qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing