OCHL. “Paxtakor” safarda mag‘lubiyatdan qutilib qoldi
Sport
−
07 noyabr 2023 4840 2 daqiqa
Bugun, 7 noyabr kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL) guruh bosqichining 4-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Tur doirasida Toshkentning “Paxtakor” klubi safarda Turkmanistonning “Ahal” jamoasi bilan bahs olib borib, 1:1 hisobidagi durang qayd etdi.
“Ashxobod” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi taymning 68-daqiqasida Odil Hamrobekov keraksiz vaqtda raqibga nisbatan juda qo‘pol o‘ynab, qizil kartochka oldi va “Paxtakor”ni qiyin vaziyatda qoldirdi.
81-daqiqada esa mezbon jamoa vakili Alibek Abdurahmonov 10 kishi bo‘lib qolgan “sherlar” darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni ochdi. O‘zbekiston jamoasi sharafini himoya qilayotgan Hojimat Erkinov 90+5-daqiqada muvozanatni tikladi.
Shu tariqa “Paxtakor” naqd bo‘lib turgan mag‘lubiyatdan qutilib qoldi va durang natija bilan qanoatlandi.
Ma’lumot uchun, “Paxtakor” 4 ochko bilan guruhda 2-o‘rinda bormoqda. “Ahal”da ham 4 ochko mavjud, biroq klub 3-pog‘onadan joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 6 noyabr kuni Olmaliqning OKMK klubi safarda Eronning “Sepaxon” jamoasi bilan bahs olib borib, yirik 9:0 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Shuningdek, Qarshining “Nasaf” jamoasi o‘z uyida BAAning “Sharja” klubini qabul qilib, 1:1 ko‘rinishidagi durang natijaga erishdi. Namanganning “Navbahor” klubi esa mehmonda Eronning “Nassaji Mozandaron” jamoasiga qarshi bahs olib borib, 1:3 ko‘rinishidagi hisob bilan g‘alaba qozongandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025