OCHL: “Paxtakor”dan muhim g‘alaba

Sport

image

Kecha 6 may kuni Osiyo Chempionlar ligasining 5-tur o‘yinlariga rasman start berildi. 

Toshkentda “Paxtakor” Eronning “Persepolis” jamoasini mehmon qildi. Guruhdagi vaziyat chigal ekanligi bois muxlislar o‘yinda keskin qarama-qarshilikka guvoh bo‘lishdi. Qaysidir jamoa mag‘lubiyatga uchraydigan bo‘lsa, keyingi bosqichga chiqa olmasligi deyarli oydinlashar edi.

Kichik ustunlikni o‘zlarida ushlab turgan “Paxtakor” futbolchilari hisobda ham kichik ustunlikka erishdi. Uchrashuvning 86-daqiqasida Igor Sergeyev bosh bilan gol kiritib, toshkentliklarning g‘alaba qozonishiga asos yaratdi.

“Paxtakor” – “Persepolis” 1:0 (0:0, 1:0).
Toshkent shahri, “Paxtakor” stadioni.

Hakamlar: Kristofer Bit, Anton Shetinin, Eshli Bisham (Avstraliya), Mohd Amirul Izvan (Malayziya).
Nazoratchi: Noboru Ishiyama (Yaponiya).
Komissar: Munem Fahuri (Iordaniya).

Gol: Igor Sergeyev 86, - 1:0.

“Paxtakor”: Sanjar Quvvatov, Farrux Sayfiyev, Yegor Krimets (s), Sherzod A’zamov, Xojiakbar Alijonov, Odiljon Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Javohir Sidiqov (Sobit Sindarov, 25) (Akrom Komilov, 89), Marat Bikmayev (Igor Sergeyev, 79).

“Persepolis”: Ali Rizo Beyranvand, Omid Alishoh (Mario Budimir, 63), Said Jalol Hussayni (s), Mehdi Shiri, Muhammad Nodiri, Surush Rafeyi (Mahdi To‘robi, 70), Ahmad Nurollohi, Kamoliddin Kamyabinia, Muhsin Nodehi, Siamak Ne’mati, Ali Alipur
Zaxira: Bozidar Radoshevich, Bashar Resan, Mehdi Sharifi, Adam Hemati, Ali Taklimi

Ogohlantirish: Jaloliddin Masharipov 65.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor OChL

Baholaganlar

13

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing