OCHL. OKMK mehmon jamoaga imkoniyatni boy berdi

Sport

image

Bugun, 2 oktyabr kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasining  guruh bosqichi 2-turi doirasida OKMK va “Eyr-Fors” jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. 

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi Olmaliq klubi uyida o‘tgan o‘yinning 2-daqiqasidayoq gol o‘tkazib yubordi. Ali Jasim ushrashuvda hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim 0:1 hisobi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda ham tezkor gol qayd etildi. Bahsning 48-daqiqasida Sanjar Tursunov ziyonga ishladi va o‘z darvozasiga avtogol urib qo‘ydi. 81-daqiqada esa Siyavash Haqnazariy hisobni qisqartirdi. Qolgan daqiqalarda hisob o‘zgarmagani evaziga  “Eyr-Fors” mehmonda g‘alaba qozondi. 

Eslatib o‘tamiz, 18 sentyabr kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasining (OCHL) guruh bosqichi doirasida tashkil etilgan o‘yinda Jiddaning “Al-Ittihod” jamoasi OKMK ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.


Maqola muallifi

Teglar

OKMK Osiyo Chempionlar ligasi Eyr-Fors

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing