OCHL: Odil Ahmedov jamoasi Janubiy Koreyada mag‘lubiyatga uchradi
Sport
−
13 mart 2019
4374Hozirgina o‘zbekistonlik futbolchi Odil Ahmedov o‘ynayotgan “Shanxay SIPG” klubi OCHL musobaqasining 2 turida Janubiy Koreyaning “Ulsan Hyunday” jamoasiga qarshi to‘p surishdi.
Ahmedov 90 daqiqa harakat qilgan bahsda, uning jamoasi 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Kiritilgan yagona golga Junior Negao mualliflik qildi. U 66 daqiqada xitoy klubi darvozasini ishg‘ol etdi.
Ma’lumot uchun, musobaqaning 3 turida “Shanxay SIPG” 10 aprelda Avstraliyaning “Sidney” klubiga qarshi safarda maydonga tushishadi.
LiveBarchasi