OCHL: Bugun “Lokomotiv” Saudiya Arabistonida mehmon bo‘ladi
Sport
−
09 Aprel 2019 8088 1 daqiqa
Bugun, 9 aprel kuni ham Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-tur o‘yinlari davom ettiriladi.
Toshkentning “Lokomotiv” klubi Saudiya Arabistonining “Al Ittihod” jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Uchrashuv Jidda shahridagi “Qirol Abdulloh” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 22:45da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, “Temiryo‘lchilar” shu paytgacha “Al Ittihod” bilan ikki marta to‘qnash kelishgan bo‘lib, har ikkala bahs ham 1:1 hisobidagi durrang bilan yakunlangan edi. Bugungi bahs tomonlar uchun uchinchi rasmiy o‘yinga aylanadi.
Jamoalarning Toshkentda o‘tkalishi kerak bo‘lgan javob bahsi 22 aprel sanasiga belgilangan.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr