OCHL: “AGMK” irodali g‘alabaga erishdi

Sport

−

12 Fevral 2019 visibility16770 timer1 daqiqa

Avvalroq, Olmaliqning “AGMK” jamoasi Osiyo chempionlar ligasi saralash bahslari 2-bosqichida Tojikistonning “Istiqlol” klubiga qarshi maydonga tushishi haqida xabar bergan edik.

Olmaliqning “AGMK” klubi o‘z maydonida o‘tgan o‘yinda irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘yin 4-2 hisobda yakunlandi.

O‘yin ancha qiziqarli kechdi. Muhammadjon Rahimov 2-daqiqadayoq hisobni ochib, “Istiqlol”ni oldinga olib chiqdi. O‘yinning 25 daqiqasida Dilshod Jo‘rayev hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo‘limda boshqa gol urilmadi.

O‘yinning 62-daqiqasida Jalil Kimsanov “AGMK” darvozasini ishg‘ol qilib, “Istiqlol”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Shundan so‘ng, “AGMK” futbolchilari Sanat Shixov (72-daqiqa), Jasur Hakimov (78), Zafar Polvonov (81) raqib darvozasiga aniq zarba yo‘llab, klublariga g‘alaba keltirdilar.

Endi “AGMK” OCHL saralashining pley-off bosqichida Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi bilan o‘ynaydi.  Bellashuv 19 fevral kuni safarda o‘tkaziladi. G‘olib jamoa OCHL guruh bosqichiga yo‘l oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

25

Reyting

1.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing