OCHL: “Paxtakor” “Eyr Fors”ga, AGMK “Istiqlol”ga qarshi maydonga tushadi

Sport

image

Bugun, 12 fevral o‘zbek klublari uchun Osiyo chempionlar ligasi boshlanadi. Mamlakatning ikki jamoasi musobaqaning saralash bosqichida ishtirok etadi.

Toshkentning “Paxtakor” jamoasi Iroqning “Eyr Fors” jamoasiga qarshi maydonga tushsa, Olmaliqning AGMK klubi futbolchilari Tojikistonning “Istiqlol” jamoasiga qarshi o‘ynaydi. 

“Paxtakor” hamda “Eyr Fors” jamoasidagi o‘yin soat 15:00 da boshlanadi va “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. AGMK – “Istiqlol” to‘qnashuvi esa 16:00 da start oladi. Mazkur bahs “Mahalla” telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.

Osiyo Chempionlari Ligasi.
Ikkinchi saralash bosqich.
“Paxtakor” – “Eyr Fors”
12 fevral. Toshkent. “Paxtakor” stadioni, 15:00.
Hakamlar: Kim Xi Gon, Pak Sang Jun, Pak Kyun Yon (barchasi Janubiy Koreya).

Osiyo Chempionlari Ligasi.
Ikkinchi saralash bosqich.
AGMK – “Istiqlol”
12 fevral. Olmaliq. “OKMK” stadioni, 16:00.
Hakamlar: Kim Dong Jin (Janubiy Koreya), Lakrindis Jorj, Rayan Mark Gallaxer (ikkisi Avstraliya).
 


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo Chempionlari Ligasi Paxtakor Eyr Fors Istiqlol AGMK

Baholaganlar

9

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing