Ochilganiga 10 kun bo‘lmagan Zangiotadagi klinika koronavirus bemorlari bilan to‘ldi

Jamiyat

image

O‘tgan hafta Toshkent viloyatining Zangiota tumanida ochilgan 1000 o‘rinli yuqumli kasalliklar shifoxonasi ham bemor bilan to‘lib bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi shtabi a’zosi Habibullo Oqilov ma’lum qildi.

Oqilov O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyat, koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichining o‘sib borishi, statistik raqamlar haqidagi savollarga javob qaytardi.

“Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘lim holatlarini kamaytirib ko‘rsatayotgani yo‘q. Bizga bundan hech qanday naf yo‘q. Biroq vafot etayotganlar orasida koronavirus infeksiyasiga test topshirgan va tahlil javoblari orqali tasdiqlanmagan holatlar bo‘lishi mumkin. Qo‘limizda bemorda koronavirus tashxisi tasdiqlangan fakt bo‘lmasa, uni koronavirusdan vafot etdi, deya olmaymiz”, deb izoh berdi Oqilov.

Shundan so‘ng, u kasallar soni ko‘payib ketganini va ochilganiga 10 kun ham bo‘lmagan 1000 o‘rinli shifoxona to‘lib bo‘lganini aytdi.

“O‘zbekistonda 16 ta shifoxona koronavirusga chalingan fuqarolarni davolash uchun ishlamoqda. Zangiotadagi maxsus klinika esa ochilganiga bir hafta bo‘lmasdan bemorlarga to‘lib bo‘ldi”, dedi Habibullo Oqilov.

Eslatib o‘tamiz, Zangiota tumanida 2 ming o‘ringa mo‘ljallangan yangi shifoxonaning  bir qismi bitirildi. Joriy yilning 6 iyul kuni shifoxonaning 1000 o‘ringa mo‘ljallangan birinchi binosi foydalanishga topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

413

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing