Bosh vazir birinchi o‘rinbosarining funksional vazifalari belgilandi
Jamiyat
−
20 avgust 2020
11552Joriy yil 18 avgust kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosarining funksional vazifalari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Bosh vazirning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Prezidentga, Oliy Majlis palatalariga va Bosh vazirga hisobot beradi.
Shuningdek, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qurilish, uy-joy kommunal xo‘jalik, yo‘l-transport infratuzilmasi, ekologiya kabi masalalar uchun mas’ul etib belgilandi.
Bosh vazir birinchi o‘rinbosarining faoliyati quyidagi masalalarni hal etishga yo‘naltirilgan:
• hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal etish;
• uy-joy kommunal xo‘jalik, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
• tizimini rivojlantirish;
• muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini, shuningdek, transport kommunikatsiyalarini modernizatsiyalash;
• kapital qurilish soxasidagi islohotlar va pudrat ishlari dasturlarining
• izchil amalga oshirilishini ta’minlash;
• qurilish va arxitektura soxasidagi ishlar sifatini nazorat kilish;
• qurilish industriyasini rivojlantirish.
Eslatib o‘tamiz, ushbu lavozimda 2016 yil dekabrdan buyon Ochilboy Ramatov ishlab kelmoqda.