Ochiq dengizda “qoldirilgan” 2 tonna kokain aniqlandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Italiyaning kontrabanda va noqonuniy giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash bo‘yicha asosiy agentligi bo‘lgan Moliya gvardiyasi Sitsiliya sharqidagi dengizda og‘irligi deyarli ikki tonnaga teng kokainning katta partiyasini topdi. Bu haqda Moliya gvardiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, giyohvand moddalar bozorida topilgan kokainning umumiy qiymati kamida 400 million yevroni tashkil qiladi. Topilgan yuk mamlakatdagi rekord yuklardan biriga aylangan.

Hisobotda ta’kidlanishicha, Moliya gvardiyasi dengiz bo‘linmalari to‘r bilan mahkamlangan va signal nuri moslamasi bilan jihozlangan ko‘plab suzuvchi paketlarni topdi.

Dastlabki versiyaga ko‘ra, yuk giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi kema tomonidan keyinchalik quruqlikka yetkazish maqsadida dengizda qoldirilgan. Operatsiya davomida 70 ta konteynerga qadoqlangan 1600 paket oq kukun olib qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

giyohvand modda Italiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made