“Obod qishloq” doirasida 478 ta qishloqqa 4,8 trillion so‘m ajratiladi

Jamiyat

−

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 20 fevral kuni “Obod qishloq” dasturini 2019 yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik. 

Qarorga muvofiq, 2019 yilda “Obod qishloq” dasturi doirasida:

•    159 ta tumanda 1,6 milliondan ortiq aholi yashaydigan 478 ta qishloqlarda qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi hamda mazkur chora-tadbirlar uchun 4,8 trillion so‘m sarflanadi;

•    umumiy uzunligi 5 ming 476 kilometrdan iborat mintaqaviy yo‘llar (ichki ko‘chalar) ta’mirlanadi va rekonstruksiya qilinadi;

•    1,3 trillion so‘m miqdoridagi mablag‘lar hisobidan qishloqlar obodonlashtiriladi;

•    36 mingdan ortiq hamda umumiy uzunligi 2 ming 458 kilometr bo‘lgan tungi ko‘cha yoritish hamda 21 ta aloqa tizimi yaxshilanadi.

•    556 ta avtobekat quriladi hamda 46,3 milliard so‘mlik 189 ta zamonaviy avtobuslar xarid qilinadi;

•    ichimlik suvi ta’minoti tizimini yaxshilash maqsadida 2 ming 219 kilometr yangi tarmoq hamda 221 ta suv inshooti quriladi, 729 kilometr tarmoqlar hamda 163 ta suv inshootlari rekonstruksiya qilinadi;

•    361 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘lar hisobidan elektr va gaz ta’minoti tizimi yaxshilanadi;

•    214 ming 200 ta yakka tartibdagi uy-joylar hamda 1 ming 182 ta ko‘p xonadonli uy-joylar ta’mirlanadi;

•    378 ta ko‘p xonadonli uy-joylar hududlari obodonlashtiriladi;

•    280 ta bog‘cha, 510 ta maktab, 237 ta sog‘liqni saqlash hamda 439 ta boshqa ijtimoiy soha ob’ektlari quriladi;

•    jami 2 ming 532 ta bozor infratuzilmasi ob’ektlari quriladi va ta’mirlanadi;

•    296 kilometr irrigatsiya va 1 ming 538 kilometr melioratsiya ob’ektlari quriladi, 584 kilometr irrigatsiya ob’ektlari tozalanadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

15

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing