Obidov G‘aniyev bilan bog‘liq voqealarning ortida “Ozodlik” radiosi turganini tahmin qilmoqda
Jamiyat
−
18 dekabr 2019
14658Farg‘ona viloyat hokimligi Matbuot xizmati kotibi Muhammadjon Obidov ijtimoiy tarmoqlarda viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev nomidan ochilgan sahifalarga o‘z munosabatini bildirdi.
Obidov Telegram messenjerida Shuhrat G‘aniyev nomidan qo‘yilgan “Jonga tegdilaring, men ham bloger bo‘laman endi!” deb nomlangan postga munosabat bildira turib, u yerdagi videotasvir yaqinda viloyat hokimining jurnalistlar va blogerlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvidan olinganini ta’kidlaydi.
U shuningdek, Twitter ijtimoiy tarmog‘ida G‘aniyevning nomidan ochilgan profilga fikr bildirgan.
“Go‘yo Shuhrat G‘aniyev o‘zining profilida shunday yozadi: “hammangni falon joyingga o‘t qo‘yaman hali, gazi bo‘la turib gaz yo‘q deb ko‘chaga chiqqan bitta Marg‘ilonlikni eshitgandursan hammang?” Bu hali holva ekan”, deydi matbuot kotibi.
U yozishmalar davom ettirilib, soxta G‘aniyev profilidan yozilgan “Bormisiz adash? Hamma xoramilar shu yerda ekan” nomli twit guyoki Andijon viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovga qaratilganini aytgan. Unga javoban Andijon viloyat hokimi nomidan ochilgan profil egasi “E o‘zimni akam, buguncha gapirib turishsin, bu iploslar, ertaga o‘zim chalg‘itvoraman” deya bunga munosabat bildirgan.
Shundan so‘ng, Muhammadjon Obidov masala yuzasidan Andijon viloyat hokimligi matbuot xizmatiga bog‘langan. Matbuot kotibidan ushbu twit’lar Andijon viloyat hokimligi nomidan yozilmaganini aniqlagan. Obidovga ko‘ra, noma’lum shaxs hattoki uning nomidan ham soxta profillar ochib noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatmoqda.
Obidov bunday shaxslarni so‘roq ostiga olib ular rivojlanish yo‘lida shahdam qadamlar bilan borayotgan O‘zbekistonning dushmanlari ekanini aytadi.
“Ular davlat idoralari rahbarlariga xalqni qarshi qo‘yish, gij-gijlash va yurtimizda notinchlik keltirib chiqarishning tarafdorlaridir. Ikkinchidan ijtimoiy tarmoqlarda soxta ahborot tarqatuvchilar ijrochilar, xolos.
Ularning orqasida salohiyatli mutaxassislarga ega bo‘lgan, moliyaviy jihatdan kuchli ta’minlangan boshqa siyosiy kuchlar bor. Agar mana shu o‘yinlarning, soxta ahborotlar tarqatishlarning orqasida, balki, men aniq aytolmayman, ammo “Ozodlik” radiosi ham aralashgan bo‘lib chiqsa, men hech qachon taajjublanmagan bo‘lardim”, deydi Muhammadjon Obidov.
U fikrining so‘nggida O‘zbekistonda soxta axborotlar qayerdan chiqayotganini aniqlash slohiyati borligiga ishonib, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini ulardan ogohlantirgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr