“Uzbekistan Airways” Qozog‘istonga ketayotganlarga muhim eslatma bilan chiqdi

Jamiyat

image

“Uzbekistan Airways” Qozog‘istonga ketishni rejalashtirayotgan yo‘lovchilar uchun muhim eslatma bilan chiqdi. 

Unga ko‘ra, Qozog‘iston Respublikasiga ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga qo‘yilgan yangilangan talablar 19 sentyabrdan amalga kiritiladi. 
 
Aeroportda parvozga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida bahsli vaziyatlarning oldini olish maqsadida, PZR usuli bilan COVID-19ga manfiy natijali ma’lumotnomani olish uchun, O‘zbekiston Respublikasining tibbiyot muassasalariga vaqtida (parvozdan kamida 4 kun oldin) murojaat qilinishi tavsiya etilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Hukumati mamlakatga xorijdan kelayotganlar uchun talablarni o‘zgartirdi. Unga ko‘ra, mamlakatlar ikki toifaga bo‘lingan. Ikkinchi toifa mamlakatlari ro‘yxatida 21 mamlakat, jumladan O‘zbekiston ham kiritilgan. 

Bu mamlakatdan kelganlar termometriya va anketalashtirishdan tashqari, koronavirus aniqlanmagani haqidagi ma’lumotnoma ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Ma’lumotnoma 5 kundan ortiq bo‘lmagan vaqtda berilgan bo‘lishi kerak. Agarda ma’lumotnoma bo‘lmasa, kelgan xorijlik chegarada PZR testi topshiradi.

COVID-19 uchun tekshirishga yetarli materiallar to‘plangach, kelgan odamlar o‘z yo‘nalishida davom etaveradi.

Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi aviaqatnov 11 sentyabrdan e’tiboran tiklandi. Ayni vaqtda Toshkent-Olmaota-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab haftada bir marta – juma kunlari aprvoz amalga oshirilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Qozog'iston Uzbekistan Airways

Baholaganlar

328

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing