Obameyang sog‘ligidagi muammolar sabab qit’a kubogida qatnashmaydi
Sport
−
17 yanvar 2022
2581“Arsenal” va Gabon terma jamoasi hujumchisi Per-Emerik Obameyang Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etayotgan bir paytda milliy terma jamoa bazasini tark etadi. Bu haqda Gabon futbol federatsiyasi matbuot xizmati o‘zining Twitter’dagi sahifasida xabar berdi.
Joriy yilning 6 yanvar kuni Obameyangda koronavirus testi musbat natija bergan. Shu sabab futbolchi turnirda ishtirok etmayapti. U Ganaga qarshi o‘yinda (1:1) Gabon terma jamoasi safida maydonga tushishi kutilgandi, biroq terma jamoa tibbiyot shtabi hujumchining maydonga tushishiga ruxsat bermadi.
Ma’lum qilinishicha, koronavirusdan so‘ng 32 yoshli futbolchida yuragi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan. Endi Obameyang tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarni hal qilishi uchun “Arsenal”ga qaytishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Obameyang intizomni buzgani uchun London klubida sardorlik bog‘ichidan mahrum qilingan edi.
LiveBarchasi