Obama Trampni mamlakatda koronavirusni “eplolmaganlikda” aybladi

Olam

image
AQSHning sobiq Prezidenti Barak Obama bu yilgi saylovlarda prezidentlikka nomzod Jo Baydenni qo‘llab-quvvatlamoqda.
 
Obama, kecha, 21 oktyabr kuni Pensilvaniya shtatidagi Filadelfiya shahrida o‘tazilgan saylovoldi mitingda ishtirok etgan. 
 
Ishtiroki davomida Obama Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jo Baydenni qo‘llab-quvvatlab, nutq so‘zlagan.
 
Sobiq davlat rahbari nutqi davomida Pensilvaniya shtatiga kelishni yaxshi ko‘rishini tan olgan. Ma’lumki, Obama 2008 va 2012 yillarda ushbu shtatda g‘alaba qozongan.
 
"Siz meni ikki marta qo‘llab-quvvatlagansiz. Bugun esa men Oq uy Jo Bayden va Kamola Xarrisga tegishi uchun yordam berishingizni so‘rab keldim", degan Obama miting ishtirokchilariga.
 
Obamaga ko‘ra, Tramp o‘z ishiga xuddi "realiti-shou" sifatida qaraydi.
 
Shuningdek, Obama "AQSHning dunyoda obro‘si toptalgani" da, koronavirus bilan kurashish uchun mamlakatda samarali choralar ko‘rilmaganida ham Oq uyning amaldagi rahbarini ayblagan.
 
Ma’lumot uchun, Obama Baydenni qo‘llab-quvvatlashini rasman aprel oyida e’lon qilgan. Ammo shu paytgacha u demokratni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ommaviy tadbirlarda gapirmagandi.
 
Barak Obama 2009-2017 yillarda AQSH Prezidenti bo‘lgan. 
 
Eslatib o‘tamiz, AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovi joriy yilning 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Maqola muallifi

Teglar

Obama

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing