Obama prezidentlik davridagi eng katta xatosini aytdi
Olam
−
18 noyabr 2020
20876Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq Prezidenti Barak Obama o‘zining boshqaruvi paytidagi asosiy muvaffaqiyatsizliklar haqida gapirdi. Siyosatchi bu haqda Germaniyaning RTL telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
Obama Suriyadagi fuqarolar qarama-qarshiligidan hali ham xavotirda ekanligini tan olgan.
"Arab bahori" paytida avval Misr, keyin Liviya diqqat markazida bo‘lgan, ammo keyinchalik Suriya parchalana boshlagan", degan intervyusida Amerikaning sobiq rahbari.
Obamaning so‘zlariga ko‘ra, u Suriya Arab Respublikasi qulashining oldini olish zarurligiga xalqaro hamjamiyatni ishontira olmagan.
"Men keyingi odamlarning azoblari haqida o‘ylashdan o‘zimni to‘xtata olmayman", degan siyosatchi.
Avvalroq, Barak Obama Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va sobiq Prezident Dmitriy Medvedev haqidagi fikrlari bilan bo‘lishgani haqida xabar bergandik.
Ma’lumot uchun, Barak Obama 2009-2017 yillarda AQSH Prezidenti bo‘lgan.
LiveBarchasi