OAV: ISHID yetakchisi yo‘q qilindi

Olam

image

AQSH Suriyada ISHID terrorchilik tashkiloti yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyga qarshi maxsus operatsiya o‘tkazdi. Bu haqda “Fox News” xabar tarqatdi.

Taxminlarga ko‘ra, al-Bag‘dodiy o‘lgan, biroq bu ma’lumot hozircha rasman tasdiqlanmadi. Terrorchilar yetakchisi o‘zini portlatib yuborgani taxmin qilinyapti. Qayd etish kerak, Bag‘dodiyning o‘limi uchun 25 mln dollar mukofot puli tayinlangan.

“Reuters” ma’lumotiga ko‘ra, Suriyadagi manbalar Iroq razvedkasiga Bag‘dodiyning yo‘q qilinganini tasdiqlagan. ISHID yetakchisi Suriyaning Idlib viloyatida o‘z tansoqchisi bilan yo‘q qilingan. Terrorchi oilasini Turkiya chegarisidan o‘tkazmoqchi bo‘lganda aniqlangani ta’kidlangan.

Avvalroq, AQSH administratsiyasi Donald Tramp yakshanba kuni Oq uyda muhim bayonot bilan chiqishini ma’lum qilgandi. Tramp esa bungacha Twitter`dagi sahifasida “judayam muhim voqea sodir bo‘ldi”, deb aynan nima bo‘lganiga oydinlik kiritmagandi.


Maqola muallifi

Teglar

IShID Abu Bakr al-Bag'dodi

Baholaganlar

241

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing