OAV: Fransiya va Yaponiya Eronga “yog‘li” taklif tayyorladi

Olam

image

Yaponiya va Fransiya Eron agar “Hamkorlikdagi umumiy harakatlar rejasi” (HUHR) shartlarini to‘laqonli bajarsa mamlakatga 2 trln iyen (18,4 mlrd dollar) miqdorida kredit bermoqchi. Bu haqda “Mainichi” xabar tarqatdi.

Kredit bo‘yicha kafolat neft hisobiga bo‘ladi, ajratilgan summa mahsulotlar va dori-darmon sotib olishga sarflanadi. Yozda Fransiya Eronga shunga o‘xshash taklif bilan chiqqandi. Fransiya 15 mlrd dollar kredit ajratmoqchi bo‘lganda Eron sanksiyalardan kelayotgan zararni qoplash uchun ko‘proq mablag‘ talab qilgandi. 

Yaponiya Fransiya Hukumatini qo‘llab quvvatlashga qaror qilib, qolgan mablag‘ni ajratishga rozi bo‘lgan. Rasmiy Tokio bu AQSH va Eron o‘rtasida yadro dasturi bo‘yicha kelishuv boshlash imkonini beradi deb hisoblayapti. Bundan tashqari, Yaponiya yaqin orada fuqarolik qatnovlari xavfsizligini ta’minlash uchun ikkita harbiy kemani Fors ko‘rfaziga yubormoqchi. Moliyaviy ko‘mak, shunday bo‘lgan taqdirda Eronning noroziligini kamaytrish uchun ham ajratiladi.

Ma’lumot o‘rnida, “Hamkorlikdagi umumiy harakatlar rejasi” yadro dasturi 2015 yilning iyul oyida Eron, Buyuk Britaniya, AQSH, Rossiya, Xitoy va Germaniya tomonidan imzolangan edi. Kelishuv bilan sanksiyalarni bekor qilish evaziga Eron yadro dasturiga cheklovlar qo‘yilgandi.

Ammo kelishuv dastlabki holatida 3 yildan ko‘p yashamadi. 2018 yilning may oyida AQSH HUHRdan chiqqanini ma’lum qildi. Shundan so‘ng Eronga qarshi sanksiyalarni tiklashni boshladi.

Shundan so‘ng, Eron HUHRning uran va og‘ir suv suv zahiralari bo‘yicha bandlarini bajarishni to‘xtatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Eron Yaponiya yadro dasturi

Baholaganlar

158

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing