OAV: AQSHning qo‘liga “Tolibon” uni laqillatgani ko‘rsatilgan ma’lumot tushdi

Olam

image

AQSHning qo‘liga “Tolibon”ning Vashington bilan tuzilgan bitimga amal qilmasligi ko‘rsatilgan "ishonarli ma’lumot" tushdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, NBC telekanali xabar bermoqda.

"Toliblar kelishuvga rioya qilish niyatida emas", dedi telekanal suhbatdoshlaridan biri razvedka ma’lumotlariga tayanib.

“Razvedka ma’lumotlari Pokistondagi “Tolibon” xabarlariga to‘g‘ri keladi. Tashkilot tinchlik jarayonini Amerika harbiylarining olib chiqilishi uchun imkoniyat, deb baholaydi. Shundan so‘ng, “Tolibon” AQSH qo‘llab-quvvatlayotgan Afg‘oniston hukumatiga zarba bermoqchi”, deydi manba.

Amerika Qo‘shma Shtatlari va "Tolibon" harakati 29 fevral kuni Qatarda tinchlik sulhini imzoladi. Sulh AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishini, shuningdek, afg‘onlararo muloqotni boshlashni ko‘zda tutadi.

Imzolangan tinchlik shartnomasiga ko‘ra, AQSH Afg‘onistonda qo‘shinlar sonini 135 kun ichida 12 mingdan 8,6 ming kishigacha kamaytirish majburiyatini oldi. Agar “Tolibon” mamlakatda hudkushliklarni mutlaqo to‘xtatsa, amerikaliklar o‘z harbiylari va NATO kuchlarini 14 oy davomida olib chiqishda davom etadi. Ushbu harakatlar evaziga toliblar AQSH va boshqa davlatlarga hujum qilish uchun Afg‘oniston hududidan foydalanishni to‘xtatishi kerak.

Biroq 3 mart kuni "Tolibon" harakati Afg‘oniston sharqida portlash uyushtirdi. Oqibatda 3 kishi halok bo‘lib, 11 kishi jarohatlandi.

Shundan so‘ng, 4 mart kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘oniston janubidagi Helmand viloyatida "Tolibon" harakati a’zolariga havo hujumi uyushtirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

381

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing