OAV: AQSHning qo‘lida saylovlarga Rossiya aralashgani haqida 53 ta stenogramma bor

Olam

image
“The New York Times” Rossiya kirdikorlarini fosh etgani uchun Pulitser mukofotini qo‘lga kiritdi north_east

“The New York Times” Rossiya kirdikorlarini fosh etgani uchun Pulitser mukofotini qo‘lga kiritdi

AQSHning 2016 yildagi saylovlariga “Rossiya aralashuvi” haqida taxmin qilingan kamida 53 ta stenogramma (shifrlangan yozuvlardan iborat ma’lumot – tahr) e’lon qilishga tayyor turibdi. Bu haqda AQSH Milliy razvedka direktori vazifasini bajaruvchi Richard Grenellning AQSH razvedka qo‘mitasi raisi Adamga yozgan xatiga asoslanib, “Fox News” nashri xabar bermoqda.

Ushbu xatga ko‘ra, Grenell shu hafta Shiffga, jami olti ming sahifadan iborat 53 intervyu stenogramma chop etilishi mumkinligi haqida xabar bergan.

“Bizning zaruriy qayta ko‘rib chiqilgan barcha stenogrammalarga asoslanib, maxfiy materiallar qo‘rqmasdan ommaga e’lon qilinishi mumkin”, deya Grenellning 4 maydagi xatidan iqtibos keltiradi telekanal.

Kanalga ko‘ra, Grenell ushbu xatida Shiffga “53 ta yozuvdan 43 tasi 2019 yil iyuniga qadar tayyor bo‘lgan”, deb yozgan.

2019 yil aprel oyida maxsus prokuror Robert Myuller ikki yildan ortiq davom etgan tergovni yakunladi. U Rossiyaga qarshi AQSH saylovlariga aralashganlikda ayblovlarni tasdiqladi, ammo Moskva buni rad etadi. Myuller, shuningdek, Tramp tergov jarayonida adolatga to‘sqinlik qilgan yoki qilmagani haqida ham yakuniy xulosaga kelmagan.

Rossiya Federatsiyasi ilgari AQSHning 2016 yilgi prezident saylovlariga aralashganlikda ayblovlarini bir necha bor rad etgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya saylov

Baholaganlar

73

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing