OAV: AQSH ortidan Buyuk Britaniya ham harbiylarini Afg‘onistondan olib chiqadi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Buyuk Britaniya Hukumati deyarli barcha harbiylarini Afg‘oniston hududidan olib chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "The Times" gazetasi xabar bergan.  

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistonda Britaniyaning 750 nafar askari bor. 

Nashr manbasining ta’kidlashicha, inglizlar u yerda amerikalik harbiylarning yordamisiz qiynalib qoladi. 

Agentlik suhbatdoshining ta’kidlashicha, Britaniya o‘quv bazalari joylashgan Kobuldagi akademiya ustidan boshqaruvni Afg‘onistonga o‘tkazishga qaror qilishi mumkin. 

Avvalroq, AQSH Prezidenti Jozef Bayden joriy yilning sentyabrigacha AQSHning barcha qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqmoqchi ekani haqida xabar bergandik.  

Ma’lumot uchun, 2020 yil fevral oyi oxirida AQSH va “Tolibon” tinchlik shartnomasini imzoladi. Kelishuvlarga ko‘ra, Amerika qo‘shinlari shartnoma tuzilganidan 14 oy o‘tgach, aniqrog‘i 2021 yilning mayigacha Afg‘onistonni tark etishi kerak edi. 

Biroq, joriy yil yanvar oyida AQSHning yangi Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati “Tolibon” bilan tuzilgan shartnomani qayta ko‘rib chiqish niyatida ekanini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Britaniya harbiy

Baholaganlar

91

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made