Rossiya bilan urush chiqsa, Britaniya ko‘pga bormaydi – qirollik generali 

Olam

image

Rossiya bilan urush yuzaga kelsa, qirollik ko‘pi bilan ikki oyga chidaydi. Bu haqda Britaniya mudofaa shtabi boshlig‘i o‘rinbosari, avvalroq dengiz piyodalariga qo‘mondonlik qilgan general-leytenant Rob Magovan ma’lum qildi.

"Britaniya armiyasi mumkin bo‘lgan to‘qnashuvda rus kuchlari bilan janglarda faqat ikki oyga dosh bera oladi. Ayni paytda muhim o‘q-dorilar uchun sarflayotgan pullarimiz ancha kam. Zamonaviy urushlar integratsiyalashgan havo raketalariga qarshi mudofaa dasturiga ko‘proq e’tibor berishimiz kerakligini ko‘rsatyapti", degan u.

Qirollik generalining ushbu so‘zlariga javoban mamlakat Mudofaa vaziri Grant Shepps ham o‘ziga xos javob bergan.

"Britaniya Rossiya bilan urushga tayyor emasligini aytayotgan odamlar shuni tushunishi kerak: biz NATOdamiz va bizda [o‘zaro mudofaa shartnomasi] mavjud. Har qanday holatda ham dushmanga qarshi yolg‘iz kurashmaymiz", degan vazir.  

Qayd etilishicha, Britaniya armiyasining boshqa vakillari ham mamlakat xarajatlarni qisqartirish va qo‘shinlar taqchilligi sababli ehtimoliy harbiy mojaroda uzoq vaqt kurasha olmasligini ta’kidlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Britaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing