G‘arbdan boshpana so‘ragan rossiyaliklar soni rekord darajaga yetdi
Olam
−
24 aprel
14720Rossiyaliklar Ukrainaga qarshi urushga bormaslik uchun G‘arb davlatlaridan ommaviy ravishda boshpana so‘ramoqda. Bu haqda Britaniya Mudofaa vazirligi razvedka xizmati ma’lum qildi.
Hisobotga ko‘ra, harbiy xizmatdan bo‘yin tovlayotgan Rossiya fuqarolari tomonidan jo‘natilgan so‘rovlar soni rekord darajaga yetgan. Vazirlik o‘z hisobotida ularning umumiy miqdorini ochiqlamagan.
"Joriy yilning mart oyida Rossiya harbiy bo‘linmasini ruxsatsiz tark etish bo‘yicha 684 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Fevral oyidan buyon yuqori dinamika kuzatilmoqda – o‘shanda tarixda birinchi marta bunga o‘xshash yetti yuzdan ortiq ishlar ko‘rilgandi. Bu, shuningdek, ruslarning jang qilish istagi yo‘qolib borayotganini ko‘rsatadi. Jami, safarbarlik boshlanganidan beri sudlarga 7,4 mingga yaqin qoidabuzarlik holati kelib tushgan. Qoidabuzarlikning aksari Moskva (496 ta holat), Sverdlovsk (258) va Orenburg (255) viloyatlaridan", deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, harbiy sud va shartli jazoga tortilgan ko‘plab askarlar yana frontga qaytarilgan.
"Ukrainada urush boshlanganidan beri 4431 nafar rossiyalik Germaniyadan boshpana so‘rab murojaat qilgan . Ayni paytda ularning faqat yarmi bo‘yicha qaror qabul qilingan. Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasining 1905 nafar fuqarosining so‘rovlari ko‘rib chiqilishi uchun ularga viza bergan mamlakatlarga yuborildi. Ma’qullash darajasi doimiy ravishda pasayib bormoqda", deyiladi hisobotda.
Mart oyida Fransiya sudi birinchi marta safarbarlik xavfi ostida bo‘lgan Rossiya fuqarosiga boshpana berishga rozi bo‘lgan. Shu bilan birga uning ismi oshkor etilmagan. Ba’zi manbalar, urush boshidan beri 817 mingdan 922 minggacha odam Rossiyani tark etganini aytmoqda.
LiveBarchasi