Rossiya FXX rahbari Moskvadagi terakt ortida qaysi davlatlar turganini aytdi
Olam
−
26 mart
86084Moskva yaqinidagi "Krokus Siti Holl"dagi terakt ortida AQSH, Buyuk Britaniya va Ukraina turibdi. Bu haqda bugun, 26 mart kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov ma’lum qildi.
“Bizningcha shunday. Men mavjud faktlarga tayanib gapiryapman. To‘g‘ri, bu umumiy ma’lumotday ko‘rinishi mumkin. Biroq vaziyatni silkitib, Rossiyada vahima qo‘zg‘ash G‘arb razvedka xizmatlari va Ukrainaga kerak edi”, degan Aleksandr Bortnikov.
FXX direktorining aytishicha, Rossiyaning tegishli organlari shu bilan to‘xtab qolmaydi, ayblanuvchilar soni hali yana ko‘payadi.
“Mamlakatda ham, xorijda ham ushbu qirg‘inning barcha ishtirokchilarini aniqlash bo‘yicha ko‘p ishlar qilinmoqda. Bizning barcha tezkor bo‘linmalarimiz ayni paytda "do‘st" davlatlar razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ishlayapti”, degan Bortnikov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, "Krokus"dagi terakt G‘arb tomonidan tayyorlangan radikal musulmonlar tomonidan amalga oshirilgan va bunga Ukraina maxsus xizmatlari ko‘maklashgan.
"Frontdagi yo‘qotishlardan so‘ng Ukraina va G‘arb o‘z qadr-qimmatini tiklashi uchun nima qilish kerak? Albatta ular orqa tomonda turib, qo‘poruvchilik va terrorchilik harakatlarini amalga oshirishadi. Ukraina razvedka xizmatlarining rahbariyati hamda AQSH va Britaniya josuslik xizmatlarining ham tili bir. Ularning o‘zlari ham bu haqda ko‘p gapirishgan”, degan u.
LiveBarchasi