Ohangaronda mudhish YTH. Qurbonlar bor

Jamiyat

image

Bugun, 11 aprel kuni Toshkent viloyatida navbatdagi mudhish YTH qayd etildi. Oqibatda 2 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar bermoqda. 

YTH bugun soat taxminan 11:30 larda Toshkent viloyati Ohangaron tumanidan o‘tuvchi A373 “Toshkent - O‘sh” avtomobil yo‘lining 26-kilometrida sodir bo‘lgan. 

Nexia avtomobili boshqaruvida bo‘lgan, 1978 yili tug‘ilgan namanganlik G‘.M. Namangandan Toshkentga kelayotib, shu yo‘nalishda oldinda yana bir Nexia’ni boshqarib borayotgan, 1996 yili tug‘ilgan Toshkent viloyatida yashovchi N.A. avtoulovining orqa yon qismiga borib uriladi.

photo5294083732975758022.jpg

Natijada oldinda harakatlanib ketayotgan “Neksiya” avtomobili haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, qatnov qismini ikkiga ajratib turuvchi temir to‘siqqa borib urilgan.

Oqibatda avtomobil ichida bo‘lgan yo‘lovchilar – 2000 yilda tug‘ilgan A.O. va M.U. olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Hozirda mudhish voqea yuzasidan dastlabki surishtiruv va tergov ishlari olib borilmoqda. 
 


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

95

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing