Ohangaronda YPX xodimlari haydovchini urib o‘ldirdimi? IIV munosabat bildirdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Ohangaronda haydovchi YPX inspektori tomonidan kaltaklangani va vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. IIV holatga munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 20 may kuni Toshkent viloyati Ohangaron tumani O‘zar qishlog‘i hududidan o‘tgan “Nurafshon-Ohangaron” avtomobil yo‘lining 52 km.da Ohangaron yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, “VAZ-2121” rusumli avtomashina YHXB inspektorlari tomonidan tekshirish uchun to‘xtatilgan. Shunda haydovchi 1995 y.t. G‘.Sh.ning avtotransport boshqarish uchun me’yoriy hujjatlari yo‘qligi aniqlangan.

Haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining135-moddasi 1-qismi bilan elektron ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. So‘ng avtomashinani vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirish uchun, Ohangaron tumani, Oybuloq qishlog‘i hududida, YHXB inspektori boshqaruvida harakatlanib ketayotganida, avtotransport old o‘rindig‘ida o‘tirgan haydovchi G‘.Sh. avtotransport eshigini ochib, o‘zini avtomashinadan tashlab yuborgan. YHXB inspektorlari tomonidan haydovchi G‘.Sh.ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasiga yetkazilganda, unga “Bosh miya ochiq jarohati, bosh miyaga qon quyilishi og‘ir holati, bosh miya siljishi” tashxisi qo‘yilgan.

Joriy yilning 6 iyun kuni soat 23:00 larda fuqaro G‘.Sh. Toshkent shaxrida joylashgan 39-sonli shifoxonada ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

“Ijtimoiy tarmoq faollaridan holat to‘liq o‘rganilib, vaziyatga huquqiy baho berilmagunga qadar, “haydovchi ayovsiz kaltaklangan” kabi yolg‘on ma’lumotlarni tarqatmasligini so‘raymiz”, deya yakunlanadi IIV Matbuot kotibi munosabati.


Maqola muallifi

Teglar

YPX Ohangaron

Baholaganlar

574

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing