Ohangaronda kunduz kuni qorong‘ulik cho‘kdi (video)
Jamiyat
−
13 mart 2022
26707Bugun, 13 mart kuni Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida noodatiy tabiat hodisasi kuzatildi.
Ma’lum bo‘lishicha, soat 09:00 atrofida bo‘lishiga qaramay, atmosferada bulutlar qatlamida o‘ta to‘yingan suv bug‘lari va muz zarrachalari quyosh nurlari va yorug‘ligini bir muddat cheklab qo‘ydi. Natijada atrofda xuddi quyosh botgandagidek qorog‘ulik cho‘kkan.
Meteorolog Erkin Abdulahatovga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi fonida mart oyi mavsumida ko‘p yog‘ingarchiliklar o‘zi bilan birga mintaqa uchun umuman xos bo‘lmagan bulutlarni olib kelmoqda.
“Bulutlar oqimi sharqqa Angren shahri tomon harakatlanmoqda. Angrenda ham yaqin vaqtlar orasida biroz qorong‘ulik cho‘madi”, deya yozadi meteorolog.
LiveBarchasi