Ohangaronda ayol o‘zini prokuratura oldida o‘ldirmoqchi bo‘ldi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida ayol kishi prokuratura binosi oldida o‘zini yoqib yoki osib, joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi.

Toshkent viloyati prokuraturasining ma’lum qilishicha, S.M.ning ukasi B.M. 2017 yil mart oyida fuqaro V.M.ni yashash uchun boshpanasi yo‘qligidan foydalanib, uni xonadoniga olib kelgan. Unga boshpana berganligi uchun o‘ziga qaram qilib, tekinga yollanma ishchi sifatida ishlatib kelgan va uning shaxsiga oid barcha hujjatlarini olib qo‘yib, xizmat haqi bermagan. 

15.09.2020 yildagi fuqarolar X.N. va V.M.larning arizasi yuzasidan 23.09.2020 yilda Ohangaron tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan JKning 105-moddasi 1-qismi, 227-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Joriy yilning 24 sentyabr kuni tuman prokurorining tintuv o‘tkazish haqidagi sanksiyasi bilan video tavsirga olingan holda, B.M.ning yashash xonadonidan V.M.ning fuqarolik pasporti, jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi, notarial tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma, ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnomalar va «ko‘knori» o‘simligiga o‘xshash o‘simlik boshoqlari topilib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olingan.

Shuningdek, S.M.ning ukasi B.M. fuqaro V.M.ning ishonchiga kirib, uni aldab,  nomiga pensiya uchun AT “Xalq banki” Angren filialidan plastik kartochkasi rasmiylashtirib, ushbu holatlarni V.M.dan yashirib kelgan. Shuningdek, 01.09.2018 yildan 21.09.2020 yilga qadar fuqaro V.M. nomiga hisoblangan jami 10 million 987 ming 167 so‘m miqdoridagi pensiya pullarni plastik karta orqali olib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Joriy yilning 25 sentyabr kuni B.M.ga nisbatan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “v,g,i”bandlari, 168-moddasi 1-qismi, 227-moddasi 2-qismi “a” bandi va 105-moddasi 1-qismi bilan ayblov e’lon qilingan va shu kuni “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi tanlangan.

Lekin fuqaro S.M. ijtimoiy tarmoqlarda va Ohangaron tuman prokurori nomiga yozgan murojaatlarida ukasi B.M. Ohangaron tuman prokurori o‘rinbosari va tergovchisi bilan urishib qolganligi sababli, ukasiga nisbatan noqonuniy ravishda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilganligini ma’lum qilganligini, shuningdek, B.M.ning onasi B.M.(ayol) 7 oktyabr kuni tuman prokuraturasiga kelib, tuman prokuraturasi xodimlarini haqoratlab, o‘g‘li B.M.ga nisbatan qo‘llanilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini o‘zgartirib, uni ozodlikka chiqarishni, aks holda tuman prokuraturasi temir panjarasiga ro‘moli yordamida o‘zini osishini yoki  yoqib yuborishni ta’kidlab, provakatsion harakatlarni amalga oshirgan.

B.M. doimiy ravishda tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlariga belgilangan tartibda chaqirtirilganda o‘zini agressiv tutib, prokuratura xodimlarini haqoratlab, ularga tuhmat qilib, sha’ni va qadr-qimmatini kamsitib kelgan.

Fuqaro B.M.(ayol) va o‘g‘li B.M.ning yuqorida keltirilgan haqoratli murojaatlari va videolavhalar mavjud.

Toshkent viloyat IIBB tomonidan berilgan ma’lumotnomaga ko‘ra, B.M. (ayol) va S.M. muqaddam O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi hamda 194-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy huquqbuzarlikka tortilganligi ko‘rsatilgan.

B.M. (ayol) va S.M.ning tuman prokurori o‘rinbosariga tuhmat qilib, haqoratlagani yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasiga ko‘ra, B.M. (ayol) va S.M.ning xatti-harakatlarida jinoyat tarkibi aniqlanmaganligi sababli, ularga nisbatan 5 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga ko‘ra, jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish, B.M. (ayol) hamda S.M.ning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 40-moddasi hamda 41-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi sababli, ularga nisbatan ma’muriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

prokuratura

Baholaganlar

178

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing