Ohangaron tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 12 iyun kuni Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Sessiya ishida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasi faollar ishtirokida tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi. 

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. O‘ktam Mingboyevich Tursunov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan tuman hokimi vazifasidan ozod etildi.

Abduvohid To‘xtaboyevich Turdiboyev bugundan e’tiboran Ohangaron tumani hokimi lavozimida ish boshladi.

Sessiyada Toshkent viloyati rahbari Rustam Xolmatov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi sho‘’ba mudiri Abdulla Tursunov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari Saidlaziz Saidkarimov ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Ohangaron tumani

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing